Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barcha oilaviy poliklinikalarda stomatologlar ishlamoqda. 1003 raqami orqali yaqinroq bo‘lgan navbatchi stomatologiya kabineti manzili aytiladi» - SSV
Shaharning barcha tumanlarida navbatchi stomatologik kabinetlar ishi ta'minlangan va ularning bir qismi soat 21:00 gacha, bir qismi esa - sutkasiga 24 soat shoshilinch bemorlarni qabul qilishadi.
AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Xususan, agar shoshilinch ravishda tish og‘rib qolsa, qayerga murojaat qilish mumkinligi, barcha xususiy stomatologik klinikalar karantin davrida yopilgani to‘g‘risida savol berildi.
“Barcha oilaviy poliklinikalarda stomatolog shifokorlar ishlamoqda. Shuningdek, shaharning barcha tumanlarida navbatchi stomatologik kabinetlar ishi ta'minlangan va ularning bir qismi soat 21:00 gacha, bir qismi esa — sutkasiga 24 soat shoshilinch bemorlarni qabul qilishadi.
SSV qoshidagi "kol-markaz"ga 1003 raqam orqali murojaat qilsangiz, sizga yaqinroq bo‘lgan navbatchi stomatologiya kabinetining manzilini aytishadi”, - dedi Habibulla Oqilov.
Bundan oldin, ehtiyojmand fuqarolar karantin vaqtida qanday qilib dorilarni bepul olishi mumkinligi aniqlashtirilgandi.
Mavzuga oid
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
11:45 / 06.12.2024
Lordan stomatologga: tish davolatishga kelgan bemor shifokor shilqimligiga uchradi
15:50 / 02.11.2024
O‘zbekiston stomatologlari Ispaniyada ilg‘or implantologiya texnologiyalarini o‘zlashtirdi
15:34 / 22.04.2024