Jahon | 19:12 / 28.04.2020
1873
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda G‘alabaning 75 yilligiga atalgan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi

Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinishi haqidagi qaror qabul qilindi.

Foto: Ilya Pitalev/ RIA Novosti

Bu haqda respublika prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. Bunga Qirg‘izistonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq og‘ir epidemiologik vaziyat saqlanib qolinayotgani sabab bo‘lgan.

Shu bilan birga Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov vazirliklar va idoralarga Ikkinchi jahon urushi faxriylari va front ortida jonbozlik ko‘rsatgan kishilarga alohida e'tibor qaratish vazifasini topshirgan. Bunday choralardan biri urush faxriylarining moddiy qo‘llab-quvvatlanishi hisoblanib, ular 75 ming qirg‘iz somi (100 dollarga yaqin) miqdorida pul olishadi.    

Bundan tashqari, G‘alabaning 75 yilligi mahalliy OAVda keng yoritiladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid