Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalifa Haftar Liviyada hokimiyat armiyaga o‘tganini e'lon qildi
Liviya milliy armiyasi (LMA) qo‘mondoni Xalifa Haftar 27 aprelda mamlakatni boshqarish armiyaga o‘tishini e'lon qildi.
Haftarning bu boradagi telemurojaatini LMA media-ofisi tarqatgan.
23 aprelda Haftar fuqarolarni 2015 yilda Sxirotda erishilgan siyosiy kelishuvni rad etishga chaqirgan. Bu kelishuv natijasida Milliy kelishuv hukumati shakllantirilgan.
“Liviyaliklar, siz mamlakatni barbod qilayotgan siyosiy kelishuvni to‘xtatish chaqirig‘imizga hamda joriy bosqichda mamlakatni boshqarishga kimni eng munosib deb hisoblasangiz, o‘shanga vakolat berish chaqirig‘imizga “labbay” deb javob berdingiz”, deb aytgan Haftar va “liviyaliklar LMA bosh qo‘mondonligiga mamlakatni boshqarish kabi tarixiy missiyaga vakolat berganini” qo‘shimcha qilgan.
Ayni vaqtda Liviyada qo‘shhokimlik yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
09:05 / 31.01.2025