Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonovning xoldingi Xitoydan Rossiyaga himoya vositalari yetkazishni boshladi
Koronavirus pandemiyasi sharoitida rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning USM xoldingi Xitoydan Rossiyaga tibbiy xodimlar va ko‘ngillilar uchun shaxsiy himoya vositalarini yetkazishni boshladi.
Hammasi bo‘lib 350 tonnaga yaqin 25 mln.ta himoya vositasi yetkazilib, ular orasida kombinezonlar, tibbiy qo‘lqoplar, himoya niqoblari va ko‘zoynaklari bor.
“Tezkor shtab bilan yaqindan hamkorlik qilish evaziga bugungi kunda koronavirusga qarshi kurashning old saflarida bo‘lgan shifokorlar va ko‘ngillilar uchun shaxsiy himoya vositalari yetkazish bo‘yicha ishni qisqa muddatlarda tashkillashtira oldik”, deb aytgan xolding asoschisi Alisher Usmonov.
Barcha vositalar Rossiyada pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtabga topshiriladi. Shtab o‘z navbatida ushbu vositalarni tibbiy muassasalarga jo‘natadi.
Aprel boshida USM aksiyadorlari tezkor shtabga 2 mlrd rubl ajratgandi. Mablag‘larni tibbiy xodimlar va ko‘ngillilar uchun himoya vositalari xarid qilish, ularni transport bilan ta'minlash, tibbiy xodimlar va bemorlarni davolashda yordam berayotganlarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga sarflash rejalashtirilgan.
Mart oxirida Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash doirasidagi tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 million dollar ajratgani ma'lum qilingandi. Aprel oxirida tadbirkor ushbu maqsadda yana 5 mln dollar ajratgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025