Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi - Prezident farmoyishi
«Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoyishi qabul qilingan. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati xabar bermoqda.
Farmoyishga ko‘ra, 2020 yilning 27-28 aprel kunlari Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholiga har tomonlama tezkor yordam ko‘rsatish maqsadida hukumat komissiyasi tashkil etilgan va unga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- yetkazilgan zarar va yo‘qotishlar miqdorini aniqlash va baholash;
- fuqarolarga vaqtincha turar joy, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va boshqa yordamlar ko‘rsatish;
- ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik, transport va energetika infratuzilmasini va boshqa hayotiy muhim obektlar va tizimlarni ishchanlik holatiga keltirish;
- qurilish-tiklash ishlariga zarur bo‘ladigan qurilish materiallarini miqdorini aniqlash va ularni yetkazish;
- qishloq va o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zararni va yo‘qotishlar o‘rnini qoplash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini tiklash
- qisqa muddatlarda nobud bo‘lgan g‘alla va paxta maydonlariga boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekish.
Hukumat komissiyasi 3 kun muddatda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.
Yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga davlat budjetidan 100 mlrd so‘m ajratiladi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan zarar yetgan g‘o‘za maydonlariga qilingan xarajatlar va g‘alladan olinmaydigan hosil o‘rnini qoplash choralari ko‘riladi.
10 kun muddatda Olot tumani aholisiga qulay shart-sharoitlar yaratish, tuman markazini yana obod qilish maqsadida ko‘p qavatli uy-joylar, madaniy-maishiy hamda boshqa ijtimoiy obektlar qurish bo‘yicha taklif ishlab chiqiladi.
2 hafta muddatda Olot va Qorako‘l tumanlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan taklif ishlab chiqiladi.
Barcha chora-tadbirlar koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan joriy qilingan karantin tartib-qoidalariga qat'iy rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
09:24 / 18.05.2025
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
21:37 / 29.04.2025
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi
21:31 / 11.04.2025