O‘zbekiston | 13:35 / 02.05.2020
20186
2 daqiqa o‘qiladi

Magistrlik dissertatsiya himoyasi qanday shaklda o‘tkazilishi ma'lum qilindi

Magistratura bosqichida ta'lim olayotgan talabalar dissertatsiya himoyasini onlayn shaklda topshiradi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

 
Magistrlik dissertatsiya himoyasi qanday shaklda o‘tkazilishi ma'lum qilindi

Magistrlik dissertatsiya himoyasi qanday shaklda o‘tkazilishi ma'lum qilindi 👉 https://kun.uz/30356209

Posted by Kun.uz on Saturday, May 2, 2020

2 may AOKAda o‘tkazilgan brifingda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish qanday shaklda o‘tkazilishi haqida ma'lumot berildi.

“Dissertatsiya himoyasini onlayn shaklda o‘tkazish uchun bir necha variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Zoom yoki Webinar texnologiyalari orqali videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilishi mumkin. Bunda oliy ta'lim muassasasi va talaba uchun qaysi texnologiya ma'qul bo‘lsa, shu tanlanadi.

Himoya attestatsiyaning faqatgina shakli masofaviy bo‘ladi, qolgan talablar saqlanib qolinadi. Dissertatsiya ishini kimdir loyiha, kimdir ilmiy masala shaklida qilgan bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqib, ilmiy ish materiallari, taqdimot materiallari oldindan komissiyaga taqdim etiladi. Komissiya o‘rganib chiqadi, talaba bilan savol-javob shaklida o‘tkazilishi mumkin”, dedi Inomjon Majidov.

Mavzuga oid