Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 17 nafar bemor sog‘aydi
Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1229 nafarni tashkil etmoqda.
Namangan viloyatida 17 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, shifo topganlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.
Ulardan 8 nafari erkak, 9 nafari ayollar. Bemorlarning barchasi Namangan viloyatidan (7 nafari Namangan shahridan, 5 – Uychi tumanidan, 4 – Namangan tumanidan, 1 nafari esa Yangiqo‘rg‘on tumanidan). Ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 6 yoshda.
Namangan viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 72 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 89 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1229 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025