Sardoba suv omboridan suv chiqishi sababli Qozog‘istondagi to‘rtta qishloq aholisi evakuatsiya qilindi
Sirdaryodagi suv omboridan suv chiqishi tufayli Qozog‘istonda to‘rtta qishloq aholisi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sardoba suv omboridan suv chiqishi tufayli Turkiston viloyatining Maktaaral tumanida to‘rtta qishloq suv ostida qoldi.
"Maktaaral tumani bilan chegarada, sekundiga 180 kubometr suv oqimi kelishi tufayli suv kollektordan toshib ketdi. Shu sababli, Jan Jo‘l qishloq okrugi, Jyenis aholi punkti va Enbekshi qishloq okrugi hamda Jan To‘rmis aholi punktiga suv toshqini xavfi tug‘ildi", - deyiladi xabarda.
Ushbu holat bo‘yicha Maktaaral tumani hokimiyati texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e'lon qildi, Jana Jo‘l, Jyenis, Jana To‘rmis va Enbekshi qishloqlari aholisini evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
5400 kishi voqea joyidan evakuatsiya qilindi. Mirzakent, Firdavsiy, Jantaksoy qishloqlari aholisini Otakent qishlog‘iga evakuatsiya qilish masalasi ham hal qilinmoqda.
Avariya-qutqaruv ishlarida 150ga yaqin kishi ishtirok etmoqda. Ular motor nasoslari, qayiqlardan foydalanyapti.
Ta'kidlanishicha, Jyenis qishlog‘ida 288ta uy bor, bu yerda 1922 kishi yashaydi, Jana To‘rmisda - 321 kishilik 47ta uy. Mirzakent qishlog‘ida 2200 kishiga mo‘ljallangan evakuatsiya punktlari tayyorlandi.
O‘zbekistonda 1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
56 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Jami 17300 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 22ta aholi punktlaridan 70 mingga yaqin fuqaro Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududlariga evakuatsiya qilingan.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024