«Sinovlar xalqni birlashtirmoqda» – ko‘ngilli guruhlar tomonidan Toshkentdan Sirdaryoga yordam karvoni yuborildi
2 may kuni Toshkentda bir nechta ko‘ngilli guruhlar Sardobadagi suv toshqini sabab evakuatsiya qilingan vatandoshlarimizga ko‘mak yuborishdi. Ilk yordam karvoni Hayatt Regency mehmonxonasi yonidan 10 ga yaqin yuk mashinalarida jo‘nab ketdi.
Yordam karvoni tashkil etilayotganligi haqida kecha xabar bergan edik.
Ushbu jarayonda bevosita ishtirok etgan muxbirimiz, sinovlar xalqni birlashtirayotganligi, ko‘plab yurtdoshlarimiz ushbu xayriya aksiyasida faol ishtirok etayotganligini ma'lum qildi.
Yordam karvoniga mingdan ortiq ko‘ngilli fuqarolarimiz o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ko‘ngillilar turli xil buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, idish-tovoqlar, bolalar o‘yinchoqlarini olib kelishdi. Ular sirdaryolik yurtdoshlarimizga bir oz bo‘lsa-da dalda bo‘lishni maqsad qilishgan.
Ushbu ko‘ngillilar yordam karvoniga o‘z hissasini qo‘shgan so‘z ustasi Shukurullo Isroilov bu sinovlar xalqni birlashtirayotganligini, sirdaryolik yurtdoshlarimizni xalqimiz hamisha qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Yordam karvonini kuzatishga kelgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev xalqning og‘ir kunida tashabbus ko‘rsatayotgan barcha fuqarolarimizga o‘z minnatdorchiligini aytib o‘tdi.
Olib kelingan barcha mahsulotlar sanitariya-gigiyena qoidalari asosida yuk mashinalariga joylandi. Yuk mashinalari esa YHXX bilan birgalikda Sirdaryoga jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024