Jahon | 23:55 / 03.05.2020
12739
1 daqiqa o‘qiladi

Butun dunyo ahli pandemiya tugashini so‘rab duo qilishga chaqirildi

Insonlar birodarligi haqidagi deklaratsiyani amalga oshirish qo‘mitasi butun dunyo ahlini koronavirus pandemiyasi tugashini so‘rab umumiy duoga qo‘shilishga chaqirdi.

Qo‘mita barcha din vakillarini 14 may kunini global xavfga to‘qnash kelgan butun insoniyat haqqiga ro‘za tutish va ibodat kuni qilib belgilashni taklif qildi.

“Yer sharining istalgan nuqtasida, har birimiz o‘z dini yoki e'tiqodi qoidalariga ko‘ra ibodat qilib, Tangridan dunyoni umumiy kulfatdan qutqarishini so‘rashimiz lozim”, deyilgan qo‘mita bayonotida.

Shuningdek, dunyo ahli Tangridan olimlarga koronavirusdan vaksinani tezroq topishlari uchun kerakli bilim yuborishni so‘rashga chaqirilgan.   

Qo‘mita shunday taklif bilan butun dunyo diniy yetakchilariga murojaat qilgan. 

Qo‘mita 2019 yil avgustda tashkil etilgan bo‘lib, “Butun dunyoda tinchlik va birgalikdagi hayot uchun insonlar birodarligi” deklaratsiyasi Rim papasi Fransiskning 2019 yil 4 fevralda Abu-Dabiga tashrifi vaqtida imzolangan.

Mavzuga oid