Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Faxriy murabbiy» ordeni bilan kimlar taqdirlanadi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining “Faxriy murabbiy” ordeni to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama etildi.
Parlament saytida xabar qilinishicha, o‘z faoliyati davomida chuqur bilim, yuqori malaka hamda keng tafakkurga ega shogirdlarni tarbiyalash orqali yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, ilm-fan sohasida yosh olimlar va yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularning katta muvaffaqiyatlarga erishishi uchun zarur sharoitlarni yaratish ishlariga munosib hissa qo‘shganlarga mazkur mukofot berilishi belgilanmoqda. Deputatlarning fikricha, bu “Ustoz–shogird” an'anasini izchil davom ettirish, shu asosda yosh avlodga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rgatish ishlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ta'kidlab o‘tilganidek, ushbu qonun loyihasida yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh iste'dod egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va qobiliyatlarini yanada rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, davlat va jamiyat oldidagi yuksak xizmatlari bilan alohida e'tibor qozongan mamlakatimiz fuqarolarini “Faxriy murabbiy” ordeni bilan mukofotlash ko‘zda tutilgan. Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ushbu orden bilan taqdirlanishi mumkin.
Qonun deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Mavzuga oid
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
17:10 / 13.03.2025
Shon-sharafning eng yuqori belgisi: Fransiyaning Faxriy Legion ordeni qanday mukofot?
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
10:50 / 14.02.2025