Mercedes’ga Janubiy Koreyada rekord qiymatda jarima solindi
Mercedes-Benz, Porsche va Nissan avtomobilsozlik kompaniyalari o‘z avtomobillari chiqaradigan zararli chiqindilar miqdorini yashirganlik uchun Janubiy Koreyada jazolanadi.

Foto: Matthias Hangst/Getty Images
Kompaniyalar ushbu firibgarlik uchun jarimaga tortiladi.
Kompaniyalar o‘z dizel avtomobillari atrofga chiqaradigan zararli chiqindilar haqidagi ko‘rsatkichlarni pasaytirish uchun maxsus dasturiy ta'minot qo‘llagan. Jumladan, Mercedes-Benz rekord qiymatda jarima – 63,4 mln dollar to‘laydi.
Kompaniya 2012-2018 yillar davomida o‘z avtomobillari zararli chiqindilari haqida hisobotlarni soxtalashtirib kelgan. Gap 12 ta modeldagi 37 mingta mashina haqida ketmoqda.
C 200 d, GLC 220 d 4MATIC, GLC 250 d 4MATIC va ML 250 BlueTEC 4MATIC modellari standart bo‘yicha mumkin bo‘lgandan 13 marta ko‘proq zararli chiqindi chiqargan.
Porsche va Nissan mos ravishda 817,3 va 735,6 ming dollar jarima to‘laydi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya atrof-muhit vazirligi ushbu kompaniyalarga jinoiy ayblovlar ilgari surishi mumkin.
Mavzuga oid

16:11 / 20.04.2025
Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlari deyarli barcha parvozlarni to‘xtatdi

08:10 / 19.04.2025
O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirish masalasini muhokama qilmoqda

18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi

18:13 / 08.04.2025