Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moliya vazirligi va Markaziy bank 100 mlrd so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtiradi
2020 yil 8 may kuni o‘tkaziladigan auksion savdolarida milliy valutadagi davlat qimmatli qog‘ozlar joylashtiriladi.
O‘zbekiston Moliya vazirligi va Markaziy banki 2020 yil 8 may kuni “O‘zbekiston respublika valuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ) birlamchi joylashtirilishini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, joylashtirish usuli O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuvdan iborat. Emitent Moliya vazirligi, bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 so‘m.
Davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilish hajmi 100 milliard so‘m, muomala davri 91 kun. Majburiyatlarning so‘ndirish sanasi - 2020 yil 7 avgust.
Ta'kidlanishicha, auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi, bitimlar qiymatini yaxlitlash - matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.
Mavzuga oid
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi
19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
16:29 / 04.02.2025