O‘zbekiston | 17:14 / 07.05.2020
31264
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada koronavirus yuqtirgan o‘zbekistonlik uyda qolishga majbur. U va oilasiga kim yordam beradi?

Qat'iy karantin choralari tufayli dunyoning qator davlatlari Covid-19 infeksiyasi tarqalishini sekinlashtirishga erishmoqda. Shu bilan birgalikda, infeksiya tarqalishi kundan kunga avj olayotgan davlatlar ham bor.

Rossiya Federatsiyasida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat o‘ta keskinligicha qolmoqda. Bu mamlakatda qatorasiga besh kun davomida yangi zararlanish holatlari soni 10 mingdan oshiq bo‘ldi va bugunga kelib Rossiya jahon reytingida Fransiya va Germaniyani ortda qoldirib, 177 mingdan ortiq holat bilan beshinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

Bu davlatda virus yuqtirib olganlar ichida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. 

Kun.uz Rossiyada koronavirus tashxisi qo‘yilgan o‘zbekistonlik bemorlardan biri bilan bog‘landi. Asli samarqandlik bo‘lgan Odilbek 5 yil avval turmush o‘rtog‘i bilan birga Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga ishlash uchun borgan. Unga bir necha kun avval mahalliy poliklinikalardan birida o‘tkazilgan tekshiruvlarda koronavirus tashxisi qo‘yilgan. 

Odatda virus yuqtirgan bemor tezda karantinga olinib, shifoxonaga yotqiziladi. Ammo Odilbekning aytishicha, Rossiyada chet el fuqarolariga (mehnat muhojirlari) nisbatan munosabat biroz boshqacha. Jumladan, vatandoshimizga ham chet el fuqarolari shifoxonaga qabul qilinmasligi, uyga qaytib, paratsetamol tabletkasini ko‘proq iste'mol qilishi kerakligi aytilgan.

Suhbat davomida Odilbekning yonida uning turmush o‘rtog‘ini ham bor edi. Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i o‘zida hozircha virus alomatlarini sezmagan. Ammo shunchaki yuz niqobi bilan virusdan saqlanish imkonsiz. 

Rossiyadagi vatandoshimiz bilan qilingan suhbatni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilish mumkin.

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid