Tojikistonda aholining ishlash uchun xorijga ketishi kamaydi
2024 yilning olti oyi davomida ishlash uchun mamlakatni 393 mingga yaqin fuqaro tark etgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 74 ming kishiga kam demak.
Tojikistonda 2024 yilda aholining ishlash maqsadida xorijga chiqishi kamaydi. Bu haqda mamlakatning Mehnat, migratsiya aholi bandligi vazirligi xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning dastlabki olti oyi davomida Tojikistonda mehnat migratsiyasi 16 foizga kamaygan. Yanvar—iyun oylari davomida mamlakatni 393 mingga yaqin fuqaro tark etgan. 2023 yilning mos davrida esa Tojikistonni ushbu maqsadlarda tark etganlar soni 467 ming kishidan ortiq edi.
«Jami mehnat migrantlarining 386 ming 987 nafari Rossiya Federatsiyaga borgan», — deyiladi vazirlik xisobotida.
Bu davrda mamlakatga qaytgan mehnat muhojirlari soni 3 foizga ko‘paygan — 324 ming kishi (2023 yilda — 315,8 ming qaytgan). Ularning 243,5 ming nafarini erkaklar (+3 foiz) va 80,5 ming nafarini ayollar (+25 foiz) tashkil etgan.
O‘z navbatida, vazirlik huzuridagi Migratsiya xizmati xodimlari tomonidan Rossiya hududiga kirishi taqiqlangan 4731 kishi ushbu davlatga borishdan to‘xtatib qolingan.
Tojikiston Mehnat vazirligining 1 iyun holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yollanma ishchilarga to‘lanadigan o‘rtacha ish haqi 2148,98 somoniyni (203 AQSh dollari) tashkil etgan — bu 2023 yilga nisbatan 12,7 foizga ko‘p demakdir.
Iyul oxirlarida Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi boshlig‘i Viktor Paukov «Moskva viloyati chet elliklar bilan «qorayib» qolmasligi uchun uni «oqartirish» vazifasini qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi. 2024 yilning birinchi yarmida Moskva sudlari migrantlar ma’muriy huquqbuzarliklari bo‘yicha 27 mingga yaqin qaror chiqargan.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024