Aripov va Mamin Maqtaaralda yangi aholi punkti qurilishiga start berishdi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin Turkiston viloyati Maqtaaral tumani markazi Mirzakent qishlog‘ida yangi aholi punkti qurilishiga start berishdi.
Abdulla Aripov va Askar Mamin Mirzakentda aholi vakillari bilan uchrashib, yangi mikrorayon qurilishi rejasi bilan tanishib, birinchi turarjoy binolarining poydevorini qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Bosh vazirlar Maqtaaraldagi Nurlijo‘l, Orgebas va Firdavsiy va Janajo‘l qishloq okruglarida ham bo‘lib, suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan.
Avariya-qutqaruv va kechiktirib bo‘lmas ishlarda 1300 dan ziyod kishi va 220 dona texnika, jumladan, O‘zbekistondan 200 nafardan ziyod mutaxassis va 100 taga yaqin o‘t o‘chirish mashinalari, ekskvatorlar, traktorlar, suv nasoslari hamda boshqa texnik vositalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mirzakent posyolkasida toshqindan jabr ko‘rgan Zenis, Janaturmis va Dostik aholi punktlarida 500 oilalar uchun yakka tartibdagi turarjoylar, maktab, bolalar bog‘chasi va o‘rta tibbiyot markazlarini qurish rejalashtirilgan. Qurilish ishlari Qozog‘iston va O‘zbekiston mutaxassislari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
Mamin va Aripov Firdavsiy qishlog‘ida vayron bo‘lgan uylarni tiklash ishlari bilan tanishib, mahalliy aholi vakillari bilan uchrashgan.
Mamin davlat rahbari topshirig‘i bilan Turkiston viloyatining Maqtaaral tumanida suv toshqinidan jabrlanganlarga yangi uylar qurib berilishi yoki uylari butunlay ta'mirlab berilishini ma'lum qilgan. Shuningdek, har bir oila respublika budjetidan 100 ming tenge oladi. Shuningdek, jabrlanuvchilarga ishbilarmonlar doirasi vakillari tomonidan homiylik yordamlari ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni O‘zbekistonning Sirdaryo viloyati hududidagi Sardoba suv omborida to‘g‘on devori buzilishi oqibatida 276 kvadrat kilometrdan ortiq maydon suv ostida qoldi, shundan 76 km.kv maydon Qozog‘iston hududida joylashgan. Qozog‘iston hududida 10ta aholi punkti suv toshqinidan jabrlandi, 30 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida ko‘rilgan zarar miqdori 404 million tenge atrofida.
Hukumat ma'lumotiga ko‘ra, Turkiston viloyatidagi vaziyat barqarorlashgan. Maqtaaraldagi aholi punktlarida suv sathi pasaymoqda. Yettita qishloq aholisi uylariga qaytgan.
Mavzuga oid
16:00 / 23.11.2024
“Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar” – Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi
08:50 / 22.11.2024
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
12:08 / 20.11.2024
Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi
18:33 / 04.11.2024