Fan-texnika | 08:46 / 13.05.2020
8348
2 daqiqa o‘qiladi

LG ikkita displeyli antiqa smartfon tayyorlamoqda

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi ikkita displeyli smartfonni chiqarishga tayyorlamoqda. Displeylardan biri aylanadigan bo‘ladi. 

Bu haqda ETNews nashri xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Wing deb shartli nomlangan qurilma 6,8 dyuymli aylanuvchi asosiy displey hamda uning ostida joylashuvchi kvadrat shakldagi 4 dyuymli ekran oladi. Bunday sxema ikkinchi ekranni qo‘shimcha vazifalar uchun qo‘llash imkonini beradi. Misol uchun, foydalanuvchi asosiy ekranda suratlar ko‘rishi, ikkinchi displeyda esa suratlarni tahrirlash uskunalari paneli joylashishi mumkin. 

Taxminlarga ko‘ra, qurilma 7-seriyadagi Qulacomm Snapdragon protsessori va asosiy kamerasi 64 Mpli uchta kamera bilan jihozlanadi. Qurilma 5G tarmoqni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon joriy yilning 2-yarmida sotuvga chiqarilishi va uning narxi 820 dollar bo‘lishi kutilmoqda.

The Verge nashrining eslatishicha, bungacha LG tarixida aylanuvchi ekranli mobil telefonlar bo‘lgan: kompaniya 10 yilcha avval bir nechta shunday telefonlar ishlab chiqargan. Biroq ularning aylanuvchi ekranlari ostida ikkinchi displey emas, balki klaviatura joylashgan.

Mavzuga oid