Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada bojxona nazoratini chetlab o‘tib, aylanma yo‘llar orqali bolalar ozuqalari olib kirgan uchta avtomashina ushlandi
Kuni kecha Farg‘ona viloyati bojxonachilari tomonidan chegara xududlarda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shubhali harakatlangan “Kobalt” rusumli avtomashina kuzatuvga olindi.
Avtomashina Marg‘ilon shahridagi choyxonalardan birining oldida to‘xtab turgan “Damas” va “Kobalt” avtomashinalari yoniga kelib to‘xtagan vaqtda viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Tezkor tadbir davomida uchala avtotransport vositalarining saloni va bagajida bojxona nazoratini chetlab, aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, qiymati 106,4 mln so‘mlik 3 turdagi bolalar ozuqalari borligi aniqlandi.
Bojxona qonunchiligiga rioya qilishni istamagan huquqbuzarlar ushbu mahsulotlarning sifat jihatidan bolalar salomatligi uchun xavfsiz, iste'molga yaroqli ekanligiga kafolat bera oladimi?
Xozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025