Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh JSSTga badal to‘lashni davom ettirmoqchi
AQSh Xitoy JSSTga qancha miqdorda badal to‘lasa, shuncha miqdorda badal to‘lashga roziligini bildirgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashtirishni qismat tiklash niyatida. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlar "Xitoy qancha miqdorda badal to‘lasa, shuncha miqdorda badal to‘lashga rozi", deb xabar qilmoqda Fox News JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesusga yo‘llangan maktubga asoslanib.
Agarda AQSh Xitoy bilan bir xilda badal to‘laydigan bo‘lsa, u holda bu uning ilgarigi badali miqdorining o‘ndan biriga teng bo‘ladi, deya qayd etadi telekanal.
AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining eng yirik donori edi. Tramp 14 apreldan JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ydi. Uning fikricha, tashkilot pandemiya vaqtida o‘ziga berilgan vazifani uddalay olmadi va bu uchun jazolanishi kerak.
Trampning aytishicha, AQSh har yili JSST hisob raqamiga 400-500 million dollar berayotgan bir vaqtda Xitoy bu tashkilotga yillik 40 million dollar ajratadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025