Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada AES minorasi portlatildi
Germaniyaning Filippsburg shahri aholisi o‘ziga xos voqeaga guvoh bo‘ldi. 15 may tongida mamlakat janubiy-g‘arbida joylashgan AES minoralari portlatib yuborildi. 152 metrdan bo‘lgan ikkita minorani portlatish ishlariga 4 yil davomida tayyorgarlik ko‘rilgandi.
Portlatish tong saharda amalga oshirilgani uchun ko‘pchilikni qo‘rqitib yubordi. Lekin bu haqda atayin ogohlantirish berilmagandi, chunki jarayonni tomosha qilish uchun ko‘pchilik yig‘ilishi va bu odamlarning zarariga ishlashi mumkin edi. Minoralarning har biriga 1 110tadan portlatuvchi vosita qo‘yilgandi.
Germaniyada AES minorasi portlatildi
— Kun.uz (@KunUzNews) May 16, 2020
👉 https://t.co/4E48Ig1803 pic.twitter.com/OHcmLncsDE
Endi Filippsburgdagi atom elektrostansiyasi o‘rnida qayta tiklanuvchi energiyani mamlakatning janubiy-g‘arbiga tarqatish uchun ulkan stansiya barpo etiladi.
Ma'lumot uchun, Germaniya 2011 yilda AESlardan voz kechish borasida bir qarorga kelgan va o‘shanda ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra, 2022 yilda mamlakatdagi oxirgi AESlar buzib tashlanishi kerak. Germaniya qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish ishlari uchun uzoq yillik reja ishlab chiqqan va bu uchun 1 trillion yevro sarflashga tayyorligi ma'lum bo‘lgandi.
2011 yil Yaponiyaning Fukusima AESida sodir bo‘lgan avariya Germaniyada atom elektrostansiyalarini yopish ishlarini tezlashtirib yuborgandi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025