Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sloveniyaliklarga mamlakat ichida sayohat qilishlari uchun 200 yevrolik vaucherlar beriladi
Ushbu tashabbus koronavirus bilan bog‘liq inqirozli vaziyatda ichki turizm va iqtisodiyotning boshqa sohalariga yordam berish uchun amalga oshirilmoqda.
Sloveniya hukumati fuqarolar ta'tilni mamlakat ichida o‘tkazishda foydalanishi uchun ularga vaucherlar berishni rejalashtirmoqda.
Qiymati 200 yevrolik vaucherlardan Sloveniya hududidagi mehmonxonalarda yashash yoki boshqa turistik xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda foydalanish mumkin bo‘ladi. 18 yoshgacha bo‘lganlarga esa 50 yevrolik vaucher beriladi.
Ushbu tashabbus koronavirus bilan bog‘liq inqirozli vaziyatda ichki turizm va iqtisodiyotning boshqa sohalariga yordam berish uchun amalga oshirilmoqda.
Parlament may oyi oxirlarida ushbu tashabbusni ma'qullashi kutilmoqda, shundan so‘ng mamlakat aholisi vaucherlarni olishi va yil oxirigacha foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Sloveniya hukumati mamlakatda koronavirus epidemiyasi tugaganligini ma'lum qilgandi. Italiya bilan chegaradosh Sloveniyada shu kungacha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 1,5 mingta holat qayd etilgan, 105 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
08:00 / 23.05.2025
O‘zbekiston prezidenti Sloveniyaga tashrifini yakunladi
23:48 / 22.05.2025