Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ham aholi orasida koronavirus aniqlana boshladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 18 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Joriy yil 24 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3150 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari xorijdan kelgan, yana 4 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etildi. Kasallik qolgan 9 holatda, jumladan, 8 holatda poytaxtimizda, 1 holatda esa Namangan viloyatida aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan», deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun jami 35ta yangi holat aniqlandi, 33 bemor tuzaldi.
Shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlar soni 2565 nafarni tashkil etmoqda. Hozirda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 572 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025