Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand va Toshkent viloyatlarida yangi kasallanish holatlari qayd etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 14 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 24 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3164 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Toshkent viloyatida, 4 nafari esa karantin markazida (Qozon – Toshkent yo‘nalishidagi charter reys bilan kelgan va karantinga olingan) aniqlandi.
Bugun jami 33 kishi sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 2565 nafarni tashkil etmoqda. Sog‘ayganlarning 13 nafari Toshkent shahridan, 12 nafari Samarqand viloyatidan hamda yana 8 nafari Navoiy viloyatidan.
Hozirda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 586 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021