Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShda koronavirus qurbonlari milliondan oshmagani uning hissasi ekanini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi vaqtida yurgazgan siyosati va o‘z harakatlarini navbatdagi marta himoyalab chiqdi. Trampning ta'kidlashicha, agar u bo‘lmaganda hozirda AQShda koronavirus qurbonlari soni milliondan oshib ketgan bo‘lardi.
“Bu ko‘rinmas virusdan bir o‘lim ham juda ko‘pdir. Uni vujudga kelgan joyi – Xitoyda to‘xtatish lozim edi. Biroq men juda tez harakat qildim va faqat to‘g‘ri qarorlar qabul qildim. Agar men o‘z ishimni yaxshi bajarmaganimda, biz 100 ming emas, balki 1,5-2 mln kishini yo‘qotgan bo‘lardik. Men Xitoydan kirishni juda erta yopdim!”, deb yozgan Tramp tvitterdagi sahifasida.
AQSh prezidenti uning siyosiy raqiblari, misol uchun, kongressning vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi avval Trampning bu sa'y-harakatlarini vaqtidan ilgari deb hisoblashganini eslatib o‘tgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 1,725 mlndan oshdi, undan vafot etganlar 100572 nafarni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga 479 mingdan ko‘proq kishi sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
15:51 / 14.04.2022