Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada koronavirus bilan bog‘liq yangi holatlar sababli avval bekor qilingan cheklovlar tiklandi
Seulda koronavirus yuqtirish bilan holatlarning o‘sishi ana shunday chora ko‘rishga majbur qildi.
Janubiy Koreyaning poytaxt hududida koronavirus sababli joriy etilgan cheklovlarning yumshatilishi doirasida ochilgan muzeylar, galereya va teatrlar qaytadan yopib qo‘yildi. Bu haqda "Ryonxap" agentligi xabar berdi.
Seulda koronavirus yuqtirish bilan holatlarning o‘sishi ana shunday chora ko‘rishga majbur qildi.
Janubiy Koreya hukumati shuningdek, ta'lim muassasalaridagi choralarni ham kuchaytirdi. Boshlang‘ich va o‘rta maktablarda o‘quvchilar soni jami o‘quvchilarning uchdan bir qismidan oshmasligi belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, ijtimoiy masofalanishga albatta rioya qilinishi kerakligi ta'kidlandi.
Janubiy Koreyada ikkinchi kundirki, koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 50dan ortiq yangi holatlar aniqlanmoqda, ularning aksariyati Seulga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
17:25 / 07.05.2025