Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada jangarilarning 5 qishloqqa hujumi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyada jangarilar 5 qishloqqa hujum qilib, mototsikllarda harakatlangancha, odamlarni o‘z uylari oldida o‘qqa tutgan.
Jangarilarning mamlakat shimolidagi kishloqlarga hujumi kamida 60 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi.
Mahalliy aholining ta'kidlashicha, jangarilar Sokoto shtatidagi Sabon-Birnida joylashgan qishloqlarga hujum qilgan. Bir necha o‘n jangari mototsikllarda harakatlanib, yo‘lida uchragan odamlarni o‘qqa tutgan.
Ta'kidlanishicha, yangi bir necha kishi o‘qotar jarohat olgan.
Tibbiy xodimlardan birining ma'lum qilishicha, barcha jabrlanuvchilarda o‘qotar jarohatlar qayd qilingan, aksariyat qurbonlarning bosh qismiga o‘q uzilgan.
Ta'kidlanishicha, mahalliy politsiyaning ushbu qotilliklar yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqishi kutilmoqda.
Nigeriyada “Boko Harom” terrorchilik guruhi a'zolari harakat qiladi. Ular tinch aholi va huquq-tartibot idoralariga ko‘plab hujumlar, ayollarning o‘g‘irlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
01:47 / 19.01.2025