Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Formula-1" chempionati iyulda boshlanishi mumkin
22ta Gran-pridan tashkil topgan mavsum 15 mart kuni Melburnda boshlanishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli Avstraliya, Niderlandiya, Monako va Fransiyadagi bosqichlar hamda Bahrayn, Xitoy, Vetnam, Ispaniya, Ozarboyjon va Kanadadagi poygalar bekor qilindi.
Foto: AFP/Scanpix/LETA
Koronavirus sababli qoldirilgan "Formula-1" sinfidagi jahon chempionati Avstriyadagi ikkita Gran-pri bilan boshlanishi mumkin. Xabar qilinishicha, Shpilbergdagi Red Bull Ring trassasida 5 va 12 iyul kunlari o‘tkaziladigan avtopoygalar tomoshabinlarsiz bo‘lib o‘tadi.
"Formula-1" poygachilari va jamoalar a'zolari Avstriyaga kirishdan oldin koronavirusga test topshiradi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, poyga kunlari jamoalar alohida mehmonxonalarga joylashtiriladi.
22ta Gran-pridan tashkil topgan mavsum 15 mart kuni Melburnda boshlanishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli Avstraliya, Niderlandiya, Monako va Fransiyadagi bosqichlar hamda Bahrayn, Xitoy, Vetnam, Ispaniya, Ozarboyjon va Kanadadagi poygalar bekor qilindi.
Avvalroq Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) “Formula-1” avtopoygasining yangi mavsumini 5 iyulda Avstriyada boshlanishi variantini ma'qullagandi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025