Qozog‘istonda O‘zbekiston yordamida 5 ming kishilik masjid qurilmoqda
Qozog‘iston janubida - Turkistonda 5 mingdan ortiq kishiga mo‘ljallangan ulkan masjid qurilmoqda.
«O‘tgan yili tamal toshi qo‘yilgan masjid O‘zbekistonning Turkistonga tortiq qilgan tuhfasidir», deb xabar beradi Kazinform muxbiri.
Viloyat hokimi O‘mirzaq Sho‘keyev shaharga kiraverishda qad ko‘tarayotgan masjid qurilish ishlari bilan tanishgan.
«Dunyoning eng yaxshi tajribalarini o‘zida mujassam etgan me'morchilik obidasining ichki va tashqi ko‘rinishi sharqona uslubda bezatiladi. Noyob loyiha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Turkiy dunyoning ma'naviy markazi, muqaddas Turkiston shahrida barpo etilayotgan masjidning umumiy maydoni 5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjidning tashqarisida 3 ming kishi namoz o‘qishi mumkin», deyiladi xabarda.
Arxitektura majmuasida musulmon marosimlari o‘tkaziladigan joylar, kongress zali, to‘y saroyi, 180 o‘rinli madrasa, kutubxona, oshxona, sport maydonchasi, 500 mashinaga mo‘ljallangan avtopark va favvora bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, Turkiston viloyati markazida bir necha obektlarning qurilishi yakunlanmoqda. Ularning aksariyatida ichki bezatish, kommunal tarmoqlarni o‘rnatish va tashqi obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda. Qurilish ishlari ikki smenada olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:47 / 27.11.2024
Bedarvoza bojxona va g‘oyib bo‘layotgan mashinalar – Kun.uz’da katta surishtiruv
17:29 / 27.11.2024
Qozog‘iston Orol dengiziga yana 1,6 milliard kub metr suv quyadi
17:26 / 27.11.2024
Qozog‘iston Rossiya donining O‘zbekistonga reeksportini chekladi
17:27 / 26.11.2024