O‘zbekiston | 22:07 / 04.06.2020
27761
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Tolib Yusupov Namangan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Namangan viloyat hokimining 2020 yil 4 iyundagi 298-sonli qaroriga asosan, Tolib Maxmudjanovich Yusupov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Tolib Yusupov / Namangan viloyati hokimligi

Tolib Yusupov 1978 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1999 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2009 yilda shu institut magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1997 yilda «Do‘stlik-N» savdo-ishlab chiqarish markazida hisobchilikdan boshlagan. 2000-2010 yillarda viloyatda moliya tizimida turli vazifalarda ishlagan. 2010-2014 yillarda viloyat bo‘yicha G‘aznachilik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2014-2015 yillarda Namangan shahar moliya bo‘limi boshlig‘i, 2015-2017 yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2017 yildan hozirgacha Namangan viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. 

2019 yil fevralidan buyon Namangan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Ayubxon Kamolov Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlangandi.

Mavzuga oid