Samarqandda arzimagan sabab bilan boshlangan janjal o‘limga olib keldi
Jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.
2020 yilning 31 may kunidan 1 iyun kuniga o‘tar kechasi soat 23:30da fuqaro, 27 yoshli D.R. Samarqand viloyati Narpay tumani Sarbozor mahallasida joylashgan “Mirbozor” savdo bozorining oldidagi “Samarqand” avtoshohbekatida Navoiy viloyatidan kelayotgan pochtani kutayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda 47 yoshli Sh.U. o‘zining boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasida kelib, fuqaro D.R.ning o‘ng yelkasidan turtib o‘tishi natijasida yuzaga kelgan janjalda fuqaro D.R. qo‘li bilan haydovchi Sh.U.ning yuziga bir marotaba urgan vaqtida Sh.U. yerdagi toshga yiqilib tan jarohati olgan.
Sh.U. olgan tan jarohatlari bilan Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Holat bo‘yicha Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 2 iyun kuni soat 11:30da Sh.U. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Shu sababli jinoyat ishi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalangan. D.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024