Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yashil» va «sariq» hududlarda jamoat transporti sifatida avtobuslar harakatiga ruxsat beriladi
8 iyundan jamoat transporti sifatida avtobuslar harakatlanishiga ruxsat berildi.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq joriy yilning 8 iyunidan «sariq» va «yashil» hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. «Damas», mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno hisoblanadi.
Jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda quyidagi talablarga qat'iy rioya qilish talab etiladi:
- avtokorxona tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda to‘liq dezinfeksiya qilish;
- haydovchilarni tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta'minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borish choralarini ko‘rish;
- avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish.
Transport vazirligining mas'ul xodimlari ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi.
Maxsus komissiya qarorida yo‘lovchilardan esa karantin talablariga qat'iy amal qilish va ijtimoiy masofani saqlash so‘ralgan, jamoat transportida karantin talablarini buzish tegishli ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatilgan.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus tufayli 22 martdan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025