Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston bosh vaziri mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashganini aytdi
Mamlakatda qatorasiga besh kundan buyon 500dan ortiq kishida kasallik aniqlanmoqda.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘ta og‘ir ekanligini ma'lum qildi.
«Biz so‘nggi nuqtaga yetib keldik va do‘zax tomon ketyapmiz. Armanistonda 200ga yaqin bemor kasalxonaga yotishga navbat kutmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimi zo‘riqishga duch keldi va bemorlarni kasalxonaga joylashga ulgurmayapti», — dedi Pashinyan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Armanistonda umumiy karantin joriy etilmaydi, chunki fuqarolar unga rioya qilishiga hukumatning ishonchi komil emas. Shuningdek, mamlakat uchun og‘ir iqtisodiy oqibatlar kelib chiqishi mumkinligi sababli o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi ham ko‘rib chiqilmaydi.
Armanistonda oxirgi sutkada 547 kishida koronavirus aniqlangan, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 12,5 mnigdan oshgan, 259 kishi vafot etgan. Qatorasiga besh kundan buyon 500dan ortiq kishida kasallik aniqlanmoqda.
Avvalroq Pashinyanning o‘zi ham koronavirusga chalinib, sog‘aygandi.
Mavzuga oid
21:45 / 22.04.2025
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi
07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
08:23 / 22.03.2025