Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyadagi aviakompaniyalar hukumatga qarshi da'vo tayyorlamoqda
Buyuk Britaniyada 8 iyundan mamlakatga kirib kelganlarning ikki haftalik majburiy karantinga olinishi joriy etilgandi.
Irlandiya va Britaniya aviakompaniyalari koronavirus sababli joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish uchun jamoaviy da'vo tayyorlamoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Buyuk Britaniyada 8 iyundan mamlakatga kirib kelganlarning ikki haftalik majburiy karantinga olinishi joriy etilgandi.
"Nuqtai nazarimiz hafta oxirigacha tinglanishiga umid qilmoqdamiz. Ichki ishlar vazirligi qanday qilib himoyani ta'minlay olishini ko‘rmayapmiz", dedi nashr suhbatdoshlaridan biri.
Aviakompaniyalar rahbarlari mehmonlar uchun karantin joriy etish Britaniya turizmi uchun jiddiy iqtisodiy zarar yetkazadi degan fikrda. Ularning fikricha, buning oqibatida millionlab ish o‘rinlari qisqarishi mumkin.
Avvalroq Britaniyaning Virgin Atlantic aviakompaniyasi inqiroz sababli 3150 nafar ishchisini yoki xodimlarining 30 foizini ishdan bo‘shatishi haqida e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekistonda yana bir yangi aviakompaniya ish boshladi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025