Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Bishkekda Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isaqovga jazo hukmi chiqarildi. Isaqov unga qo‘yilayotgan ayblovlar bo‘yicha 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Sud sobiq bosh vazirni korrupsiya moddasi bo‘yicha aybdor deb topgan.
Sud hukmiga ko‘ra, Sapar Isaqov tarix muzeyi va Cho‘lpon-otadagi ippodrom rekonstruksiyasi ishlari bo‘yicha aybdor deb topilgan. Isaqov ushbu ishlarning har biri bo‘yicha 12 yildan qamoq jazosi olgan. Sud ikki hukmni birlashtirib, sobiq bosh vazirga umumiy hisobda 16 yillik ozodlikdan mahrum etish hukmini chiqargan. Natijada, Isaqovga Bishkek issiqlik elektr markazi rekonstruksiyasi bo‘yicha avval chiqarilgan hukm hisobga olingan holda, jazoni qat'iy tartibdagi koloniyada o‘tash bilan 18 yillik ozodlikdan mahrum etish hukmi chiqarilgan.
Shuningdek, sobiq bosh vazir davlatga 247 mln 650 ming som (joriy kurs bo‘yicha 3,3 mln dollardan ko‘proq) to‘lab berishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
17:30 / 14.11.2024