Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi koronavirus pandemiyasi oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi
Antoniu Guterreshning fikricha, davlatlar oziq-ovqat sektorida ishlaydiganlarni yetarlicha himoya bilan ta'minlashi lozim.

Foto: AP /K.M. Chaudary
Zudlik bilan choralar ko‘rilmasa, dunyo koronavirus pandemiyasi oqibatida global oziq-ovqat falokatiga duch kelishi mumkin, deyiladi BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning tahliliy qaydnomasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi ayniqsa dunyodagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni oziq-ovqat xavfsizligi va yegulik bilan ta'minlashni xavf ostiga qo‘yadi.
"Salbiy ta'sirni kamaytirish bo‘yicha choralarning qabul qilinishi va yangi global retsessiya natijasida mavjud oziq-ovqat tizimlari faoliyati izdan chiqishi mumkin, bu og‘ir oqibatlarga ham olib keladi. Agarda zudlik bilan chora ko‘rilmasa, mavjud vaziyat global oziq-ovqat falokatiga aylanib ketishi mumkin", - deb yozdi Guterresh.
BMT bosh kotibining fikricha, davlatlar oziq-ovqat sektorida ishlaydiganlarni yetarlicha himoya bilan ta'minlashi va gumanitar yordam doirasidagi zarur oziq-ovqatlar aholining himoyaga muhtoj qatlamiga to‘siqlarsiz yetib borayotganiga ishonch hosil qilishi lozim.
Guterreshning ta'kidlashicha, savdo yo‘laklarini ochiq holda ushlab turish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazish zanjirining uzluksizligini ta'minlashi zarur.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 7,2 milliondan oshgan, 411 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid

10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi

21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT

20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi

23:35 / 14.05.2025