Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinlari yangi sanasi ma'lum qilindi
UYeFA 2019/20 yilgi Chempionlar ligasi mavsumini yakunlash bo‘yicha reja ishlab chiqdi. Taqvimning yangi sanalari 17 iyun kuni tashkilotning ijroi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda, deya yozadi AS.
Manbaning qayd etishicha, YeChL nimchorak final javob bahslari 8-9 avgust kunlari o‘tkazilishi mumkin. 12 avgust kunidan esa Lissabonda 8 ishtirokchi jamoadan iborat bitta pley-off bahsi formatidagi mini-turnir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘yinlar «Joze Alvalade» va «Eshtadiu da Lush» stadionlarida muxlislarsiz o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, turnirning chorak final bosqichiga «Pari Sen-Jyermen», «Atletiko», «Atalanta» va «RB Leypsig» klublari chiqib bo‘lishdi.
1/8 final bosqichning qolgan to‘rt o‘yinda esa javob bahslari o‘tkazilishi kerak: «Real» – «Manchester Siti» (birinchi o‘yin — 1:2), «Chelsi» – «Bavariya» (0:3), «Lion» – «Yuventus» (1:0), «Napoli» – «Barselona» (1:1).
Mavzuga oid
20:31 / 16.04.2025
«Butun dunyo o‘yin tugadi, deb o‘ylagandi». «Real»ning YeChL pley-offlaridagi 5 ta kambeki
12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari
16:33 / 21.02.2025
YeChL qur’asi: «Liverpul»ga «PSJ» raqib va Madrid derbisi
16:14 / 19.09.2024