Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Olimpiadani ortiqcha dabdabasiz o‘tkazishga qaror qildi
Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi sababli O‘yinlarni 2021 yilda soddalashtirilgan tartibda o‘tkazishga qaror qildi. Bu qarorni 10 iyunda o‘tgan yig‘ilish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita e'lon qildi.
“Biz xarajatlarni qisqartirish va virus tarqalishi oldini olish maqsadida O‘yinlar o‘tkazilishi formatini soddalashtirishga qaratilgan siyosatni tasdiqladik”, deb aytilgan Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi bayonotida.
Musobaqalar uchta asosiy tamoyil – xavfsiz vaziyat, xarajatlarni minimallashtirish va O‘yinlar o‘tkazilishi formatini soddalashtirish asosida o‘tkaziladi.
Avvalroq Olimpiada ochilishi va yopilishi ishtirokchilari soni kamaytirilishi hamda stadionlarda tomoshabinlar soniga cheklov kiritilishi mumkinligi ma'lum qilingandi. Shuningdek, Yaponiya nafaqat sportchilar va jamoalar a'zolarini, balki muxlislarni ham koronavirusga majburiy tekshirishni o‘tkazish hamda sportchilarning Olimpiya qishlog‘i tashqarisida harakatlanishini cheklash variantini ham ko‘rib chiqqan.
Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi ijrochi direktori Tosiro Muto O‘yinlar “ortiqcha dabdabasiz” o‘tishini va ularning tashkillashtirilishi soddalashtirilishini ta'kidlab o‘tgan. Tashkiliy qo‘mita fikricha, bir yilga ko‘chirilgan O‘yinlar umumjahon birdamligi va tiklanish ramziga aylanishi kerak.
Mart oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi pandemiya sababli Tokio Olimpiadasining 2020 yildan 2021 yilga ko‘chirilishini e'lon qilgandi. Yangi muddatlarga ko‘ra, musobaqalar 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
20:33 / 13.01.2025