Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda qo‘lga olish chog‘ida bo‘g‘ish usulidan foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi
Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo politsiyaning harakatlari ustidan nazoratni kuchaytiruvchi qonunlarni imzoladi.
Nyu-York hukumati afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan keyin avj olgan noroziliklardan so‘ng politsiya faoliyatiga o‘zgartirish kiritishga qaror qildi.
Dushanba kuni Nyu-York shtati qonunchilik majlisining quyi palatasi 2014 yilda politsiya tomonidan qo‘lga olish chog‘ida halok bo‘lgan Erik Garner nomi bilan ataluvchi qonun loyihasi uchun ovoz berdi. U politsiya xodimining bo‘g‘ish usulidan foydalanishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgandi. Qonun avvalroq parlamentning yuqori palatasi tomonidan qabul qilingandi.
Ushbu qonunga ko‘ra, politsiya xodimining og‘ir oqibatlarga olib keluvchi bo‘g‘ish usulidan foydalanishi jinoyat deb baholanadi.
Politsiya xodimi bu jinoyat uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Gubernator imzolagan ikkinchi qonun esa politsiya xodimlari haqidagi intizomiy qaydlarning sir saqlanishi ko‘zda tutilgan 1970 yildan buyon amal qilib kelayotgan qonunni bekor qiladi. O‘sha davrda mazkur qonun advokatlarning politsiyachilarning intizomiy harakatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qabul qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Jorj Floydning politsiyachi tomonidan halok bo‘lishi AQShda ko‘plab norozilik va tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Namoyishchilar irqchilikka barham berish va politsiya islohotini o‘tkazishni talab qildi.
Mavzuga oid
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
18:39 / 27.03.2025
Angliya politsiyachilari me’yoridan ortiq ishlayotgani sabab jinoyatlarni fosh eta olmayapti
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
23:03 / 11.03.2025