Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga tutash hududda yo‘ldosh shaharcha quriladi
Toshkent tumanining poytaxtdagi Olmazor tumaniga yaqin 260 gektar hududida yo‘ldosh shaharcha quriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 iyun kuni Olmazor tumaniga tashrifi vaqtida shu haqda ko‘rsatma berdi.
Ma'lum qilinishicha, shaharcha 150 ming aholiga mo‘ljallab quriladi.
Shuningdek, davlat rahbari Toshkent tumanining Olmazorga yaqin hududidan 200 gektar yer ajratib, yangi sanoat zonasi barpo etishni taklif qildi. Ta'kidlanishicha, u yerda tashkil etiladigan korxonalarda kamida 60 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkin bo‘ladi.
Ma'lumot uchun, ma'muriy markazi Keles shahri bo‘lgan Toshkent tumani 2010 yilda Zangiota tumaniga qo‘shib yuborilgan, 2017 yilda esa qayta tashkil etilgan edi.
Mavzuga oid
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
08:35 / 20.05.2025
Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi 1,6 mlrd so‘mlik elektrni talon-taroj qildi
20:47 / 04.05.2025
Toshkent tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi
22:33 / 30.04.2025