Jahon | 09:36 / 14.06.2020
5287
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil prezidenti va bosh vaziri ofislari xodimlarida koronavirus aniqlandi

Isroil prezidenti Reuven Rivlin qarorgohi xodimida va bosh vazir Binyamin Netanyaxu ofisining 3 nafar qo‘riqchisida koronavirusga testlar musbat chiqdi. Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi. 

Foto: TASS

“Bosh vazir karantinga ketishi shartmas, chunki qo‘riqchilar u bilan birga bo‘lishmagan”, deb aytilgan Netanyaxu devonxonasida va bosh vazirning o‘zi virusga chalinmagani ta'kidlab o‘tilgan

Bu orada 80 yoshli prezident Rivlin qarorgohida koronavirusga chalinish holati qayd etilgandan keyin sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassislar bilan prezidentning o‘zi va boshqa xodimlarning izolyatsiyasi bo‘yicha maslahatlashilmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Isroilda ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 19 mingdan oshib ketdi, undan vafot etganlar soni 300 nafarni tashkil qilmoqda. So‘nggi kunda mamlakatda 177 ta kasallanish holati qayd qilingan.

Mart oxirida Netanyaxu maslahatchilaridan birida koronavirus aniqlangandan keyin karantinga ketgandi. 

Mavzuga oid