O‘zbekiston | 18:14 / 15.06.2020
15186
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlov tadbirlari qisqartiriladi. Imtihonlar avgust oyida o‘tkaziladi

Oliy harbiy ta'lim muassasalariga qabul tartibi ma'lum qilindi. Endi harbiy OTMlarga ham test sinovlari avgust oyida o‘tkaziladi, harbiy OTMga hujjat topshirgan abituriyentlarga 5tagacha yo‘nalishni tanlash huquqi beriladi.

Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev 2020-2021 o‘quv yili uchun oliy harbiy ta'lim muassasalariga qabul jarayonlarida bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra, oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlov tadbirlari joriy yilda istisno tarzida qisqartirilmoqda.

«Dastlabki tanlash tadbirlari tumanlarning o‘zida iyun-iyul oylarida o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik jarayonlari ikki marta – tumanda va viloyatda o‘tkaziladi. Harbiy-professional tanlov tadbirlari bekor qilinadi.

Test sinovlari boshqa OTMlar bilan birga avgust oyida o‘tkaziladi», dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, bu yil oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar ham 5ta ta'lim yo‘nalishini tanlashi mumkin bo‘ladi.

Foto: AOKA

Bundan avvalroq, harbiy kasbiy tanlov joriy yilning 1 iyunidan 25 iyunigacha, test imtihonlari esa 5 iyul kuni o‘tkazilishi haqida xabar qilingandi.

Саодат Абдураҳмонова
Tayyorlagan Саодат Абдураҳмонова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid