O‘zbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatiladi
Shu yilning 21 iyun kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – halqasimon quyosh tutilishini kuzatishi mumkin.

FA Astronomiya instituti xabariga ko‘ra, ushbu tutilish to‘liq shakldagi halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng bo‘ladi.
Ushbu astronomik hodisa Afrika, Arabiston yarim oroli, Yevrosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylashgan 111ta davlatda kuzatish mumkin.
Bu davlatlar ichida (Kongo Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Markaziy Afrika Respublikasi, Sudan, Janubiy Sudan, Efiopiya, Saudiya Arabistoni, Eritreya, Yaman, Ummon, Pokiston, Hindiston, Xitoy va Tayvan) 14ta davlat aholisi to‘liq shakldagi halqasimon quyosh tutilishini kuzatish imkoniga egalar.
O‘zbekistonning hamma hududida qisman quyosh tutilishi kuzatiladi. Quyosh tutilishi eng katta qiymatiga erishgan vaqtida respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ya'ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida quyosh yuzasining 39 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan qismi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa quyosh yuzasining 58 foizgacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi. Respublikaning eng janubiy hududi – Termiz shahrida esa bu qiymat 63 foizgacha yetadi.
Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 10:01da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24da kuzatiladi. Shu paytda Oy quyosh yuzasining 51 foizini to‘sadi va bu vaqtda quyoshning gorizontdan balandligi 68 darajani tashkil qiladi. Toshkent shahrida quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 49 daqiqani tashkil etadi. Soat 12:51da quyosh tutilishi yakuniga yetadi. Ushbu qiymatlar faqat Toshkent shahri uchun hisoblangan bo‘lib, tutilishning boshlanishi, maksimal qiymati va tugashi mamlakatning boshqa hududlarida ham shunga yaqin vaqtlarda va qiymatlarni aks etgan holda yuz beradi.
Halqasimon quyosh tutilishi deb quyosh yuzasining markazi Oy tomonidan to‘silganida soya atrofida ingichka yorug‘ halqa hosil bo‘lishiga aytiladi. Quyosh tutilishining halqasimon bo‘lishi Oy va Yer orasidagi masofaning odatdagiga nisbatan kattaroq bo‘lishi bilan izohlanadi. Oy Yerga qanchalik yaqin paytda tutilish bo‘lsa quyoshning shunchalik katta qismi to‘siladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

17:01 / 28.03.2025
29 mart kuni Quyoshning qisman tutilishi yuz beradi

23:49 / 23.10.2024
Yer aholisi 2025 yilda ikkita Quyosh va ikkita Oy tutilishiga guvoh bo‘ladi

22:44 / 06.04.2024
Yevropa koinot agentligi sun’iy quyosh tutilishini yaratadi

04:24 / 21.04.2023