Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer aholisi 2025 yilda ikkita Quyosh va ikkita Oy tutilishiga guvoh bo‘ladi
Birinchi qisman Quyosh tutilishi 29 mart kuniga, birinchi to‘liq oy tutilishi esa 14 mart sanasiga to‘g‘ri keladi.
Yer aholisi 2025 yilda ikkita Quyosh va ikkita Oy tutilishiga guvoh bo‘ladi. Bu haqda Boku davlat universiteti astrofizika kafedrasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, birinchi qisman Quyosh tutilishi 29 mart kuni sodir bo‘ladi. U soat 12:50:35 da boshlanadi va 16:43:25 gacha (3 soat 52 daqiqa 50 soniya) davom etadi. Mazkur hodisa Rossiya shimolida, Yevropa, Shimoli-g‘arbiy Afrika va Atlantika okeanida ko‘rinadi.
Ikkinchi qisman Quyosh tutilishi 21 sentabrda sodir bo‘ladi. U soat 21:29:32 da boshlanadi va 22 sentabr soat 01:53:33 gacha (4 soat 22 daqiqa) davom etadi. Quyosh tutilishini Tinch okeani, Yangi Zelandiya va Antraktidadan turib kuzatish mumkin bo‘ladi.
Birinchi to‘liq Oy tutilishi 14 mart sanasiga to‘g‘ri keladi. U soat 09:09:33 da boshlanadi va 3 soat 38 daqiqa davom etadi. Ushbu hodisaga Tinch okeani, Amerika, G‘arbiy Yevropa, G‘arbiy Afrika hududida yashovchilar guvoh bo‘ladi.
Ikkinchi to‘liq Oy tutilishining sanasi 7 sentabrga to‘g‘ri keladi. U soat 20:27:02 da boshlanib, qariyb 3,5 soat davom etadi. Oy tutilishini Yevropa, Afrika, Osiyo va Avstraliyadan turib kuzatish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:01 / 28.03.2025
29 mart kuni Quyoshning qisman tutilishi yuz beradi
14:19 / 04.01.2025
Superoydan shimol yog‘dusigacha. 2025 yilda ko‘z bilan ko‘rishga arzigulik yettita osmon hodisasi
22:44 / 06.04.2024
Yevropa koinot agentligi sun’iy quyosh tutilishini yaratadi
22:06 / 26.04.2023