O‘zbekiston | 09:12 / 18.06.2020
21673
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta'lim vazirligi ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun yo‘riqnomani e'lon qildi 

Imtihonlar to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, imtihon jarayonlarining videoyozuvlari saqlanadi. 

Foto: KUN.UZ

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun OTMda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi

Vazirlik xabariga ko‘ra, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etishda abituriyent imtihonga shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.

Ta'kidlanishicha, abituriyentlar imtihonga tibbiy niqob va qo‘lqopda kiritiladi. 

Imtihonga kirish oldidan har bir abituriyentning tana harorati o‘lchanadi. Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan abituriyentlar imtihonlarga qo‘yilmaydi.

Bildirilishicha, ijodiy imtihonda bitta abituriyent uchun yarim soatdan bir soatgacha vaqt ajratiladi. 

Imtihonlar to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, imtihon jarayonlarining videoyozuvlari saqlanadi. 

Imtihon natijalari tegishli OTMning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid