O‘zbekiston | 18:06 / 18.06.2020
1531
2 daqiqa o‘qiladi

YuNeSKO bilan hamkorlikda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan kitob nashr etildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent Shovosil Ziyodovning “O‘rta Osiyo sfragistikasiga oid materiallar (Toshkent. XIX oxiri – XX asr boshlari) Muhrlar katalogi” nomli ilmiy monografiyasi YuNeSKO hamkorligida nashr etildi.

Mazkur monografiya muhrlar bosilgan kataloglar to‘plami bo‘lib, 176 sahifadan iborat.

Muallif ushbu monografiya ustida bir necha yillar davomida ilmiy izlanishlar olib borgan.

Kitob O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida saqlanayotgan muhrlarning ilmiy va tanqidiy tavsifini o‘z ichiga oladi.

U tarixchilar, manbashunoslar, sharqshunoslar, talabalar va magistrlar shuningdek, O‘rta Osiyo tarixiga qiziqqan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Mazkur ilmiy tadqiqot ishi Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (YuNeSKO) va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan olib borilayotgan “Markaziy Osiyo xalqlarining qo‘lyozma va hujjatli ilmiy merosi” loyihasiga muvofiq, Markazning ilmiy kengashi tavsiyasi asosida olib borildi.

Nashr ishlari esa Fransiyaning Milliy ilmiy tadqiqotlar markazi va Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti ko‘magi ostida Germaniyaning Gerda Xenkel (“Gerda Henkel Stiftung”) fondi, “Inson va ilmlar uyi” (la Fondation Maison des sciences de l'homme (FMSH) jamg‘armasi ijtimoiy-gumanitar sohadagi Fernand Brodel stipendiyasi doirasida amalga oshirildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid