Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini paydo bo‘lishiga tungi muassasalar sababchi ekanligi aytildi
Monitoring markazi rahbari Janubiy Koreya ikkinchi to‘lqinni dekabrga yaqin kutganini, ammo bu taxmin xato bo‘lganini aytdi.
Janubiy Koreya kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (KCDC) Seulda koronavirus tarqalishi qaytadan avj olganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.
Markazning ma'lumotiga ko‘ra, dushanba kuni Janubiy Koreyada kasallik yuqtirish bilan bog‘liq 17ta holat qayd etilgan. KCDC rahbari Chon In Genning aytishicha, Seulga ikkinchi to‘lqin yetib keldi, buning manbasi esa tungi klublardir. U buni aksariyat yangi holatlar aynan poytaxtga to‘g‘ri kelishi bilan izohladi.
Monitoring markazi rahbari Janubiy Koreya ikkinchi to‘lqinni dekabrga yaqin kutganini, ammo bu taxmin xato bo‘lganini aytdi.
Seul meri Park Von Sun shahar yana qat'iy cheklov choralariga qaytishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Agarda kunlik kasallik qayd etilishlari soni 30taga, kasalxonalar to‘lishi esa 70 foizga yetsa, izolyatsiya rejimi joriy etiladi.
Hozirda Janubiy Koreyada kasallik yuqtirganlar soni 12 438 nafarga yetgan, 280 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025