Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.
O‘zbekiston rahbari boshqa mamlakatlar yetakchilari bilan birgalikda faxriy mehmonlar minbaridan turib harbiy paradni kuzatdi.



Paradda mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marta yurtimiz Qurolli Kuchlari vakillari tantanali marsh bilan o‘tishdi.

Paradda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari vakillari ham ishtirok etdi. Umumiy hisobda, tantanada 13 davlatdan 225ta harbiy texnika, 14 ming askar va ofitser qatnashdi. Rossiya poytaxti osmonidan 55 samolyot va 20ta vertolyot uchib o‘tdi.




Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifi davomida Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi «Noma'lum askar» yodgorligiga gul qo‘ydi.
Ushbu majmua Ikkinchi jahon urushi o‘choqlarida halok bo‘lgan turli millatga mansub millionlab askarlar, shu jumladan o‘zbek o‘g‘lonlarining ham unutilmas xotirasi uchun bunyod etilgan. Mazkur yodgorlikda «Isming noma'lum, jasorating barhayot» yozuvi bitilgan.
«Ikkinchi jahon urushi O‘zbekiston sarhadlaridan olisda kechgan bo‘lsa-da, uning suronli ta'siri, iztiroblari hech bir o‘zbek xonadonini chetlab o‘tgan emas. Xalqimiz fashizm ustidan erishilgan g‘alabani ta'minlashga buyuk hissa qo‘shgan. Respublikamizdan 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilib, 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Urush o‘chog‘iga aylangan o‘lkalardan yurtimizga 1 million 500 ming kishi, jumladan, 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan. Saxovatli va tanti elimiz ularga o‘z uyidan joy berib, so‘nggi burda nonini ham baham ko‘rgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev insoniyat tinchligi uchun jon fido qilgan vatanparvar insonlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.



Mavzuga oid
01:17 / 07.05.2025
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
20:30 / 05.05.2025
Moskvada parad munosabati bilan internetga kirish cheklanadi
12:00 / 08.04.2025
Tramp tug‘ilgan kunida harbiy parad o‘tkazishni rejalashtirmoqda
14:38 / 17.01.2025