Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi paradda qatnashmadi. Delegatsiyadan ikki kishida koronavirus topildi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, mamlakat delegatsiyasi a'zolari va boshqa shaxslar Moskvaga yetib kelib, COVID-19’ga test topshirdi.
Kaktus.media xabariga ko‘ra, delegatsiyaga hamrohlik qilgan ikki nafar shaxsda test musbat natija bergan.
Belgilangan tartibga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashmaslikka qaror qildi.
Koronavirus Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti devoni tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Doniyor Sidiqov va qo‘riqlash xizmatining bir nafar xodimida topilgan.
23 iyun kuni Qirg‘iziston prezidenti Rossiya poytaxti Moskva shahriga amaliy tashrif bilan yetib bordi. Tashrif davomida davlat rahbari Moskvaning Qizil maydonida harbiy paradda, shuningdek, Kreml devori yonidagi noma'lum askar poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etishi kerak edi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025