Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro va Namanganda oziq-ovqat mahsulotlarida GMO miqdorini aniqlash laboratoriyalari tashkil etiladi
Buxoro va Namangan viloyatlarida yangi yo‘nalishdagi mahsulotlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlash laboratoriyalari tashkil etiladi.
UzTest qoshidagi sinov laboratoriyalarini Jahon banki krediti asosida modernizatsiya qilish hamda zamonaviy uskunalar bilan ta'minlash choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda "O‘zstandart" xabar berdi.
Kredit mablag‘larini o‘zlashtirish hisobiga mamlakatda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniyati oshiriladi, xususan, Buxoro va Namangan viloyatlarida yangi yo‘nalishdagi mahsulotlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlash laboratoriyalari tashkil etiladi.
Shuningdek, UzTest qoshidagi Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm markazlaridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizatsiyalash ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyiha summasi 11,6 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025