Toshkentda giyohvandlikka qarshi kurash kunida 600 kg.dan ortiq giyohvand moddalari yoqildi
26 iyun xalqaro miqyosda giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni etib belgilangan. Shu kuni Toshkentda 626 kg.dan ortiq narkotik moddalar jamoatchilik vakillari ishtirokida DXX tomonidan yo‘q qilindi.
Poytaxtning Sergelida tumanida bo‘lib o‘tgan tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
BMT rasmiylari giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yish maqsadida O‘zbekiston hukumati amalga oshirayotgan ishlarni e'tirof etdi.
Jarayonda bevosita qatnashgan BMTning Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi mintaqaviy vakili Ashita Mitall narkotik moddalarning insoniyatga jiddiy xafv solayotgani, bu borada xalqaro hamkorlik nechog‘lik muhim ekanini gapirib o‘tdi.
Maxsus tadbirda jami 626 kg 981 gr musodara qilingan giyohvandlik moddalari xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, OAV va jamoatchilik vakillari ishtirokida maxsus pechlarda yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Xususan, 4 kg 96 gr geroin, 127 kg 154 gr opiy, 25 kg 426 gr gashish, 266 kg 35 gr marixuana, 105 kg 511 gr ko‘knor, 97 kg 209 gr kannabis, 1 kg 543 gr sintetik narkotik vositalar, turli xildagi psixotrop va psixofaol moddalar yoqildi.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024